Gadjetlarning bolalar uchun havfi: so`nggi tadqiqotlar natijalari bu borada nima deydi?
02 : 05, 24.04.2019

Gadjetlarning kichik bolalar va o`smirlar uchun salbiy tasiri shu darajada batafsil xujjatlashtirilganki, tehnologiyalardan voz kechish tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biriga aylanib ulgurdi. Biroq yangi tadqiqot elektron qurilmalar ekrani oldida o`tkazilgan vaqt bolaning ruxiy salomatligiga tasir qilishi borasidagi masalani ilgari  surmoqda. Yana bir tadqiqotga ko`ra, bolaga gadjetlardan foydalanishni man etish aslida yoqimsiz oqibatlarga ega bo`lishi mumkin.

O`smirlar ijtimoiy tarmoqlar va videoo`yinlarga ko`p vaqt sarflashlari borasida xech qanday shubxa yo`q. Amerika pediatriya akademiyasi xisob-kitoblariga ko`ra, bola elektron qurilmalarga kuniga o`rtacha etti soat sarflaydi. Bolalarning o`zi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini tan olishmoqda: 13 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan o`smirlarning 54 foizi telefon oldida ko`p vaqt sarflashini va 52 foizi bu vaziyatni to`g`rilashga xarakat qilganini aytishgan.

Gadjetlarga tobelik jamiyatda keng tarqaldi. O`tgan yili o`tkazilgan tadqiqot natijalariga ko`ra, xatto qishloqlarda yashaydigan maktab o`quvchilari xam vaqtlarini ochiq xavodagiga qaraganda telefon bilan ko`proq o`tkazishadi. Amerika pediatriya akademiyasi 18 oydan kichik bo`lgan bolalarga telefon bermaslik, 18 oydan 24 oygacha yoshdagi bolalarga mulfilm tomosha qilish vaqtini cheklash, ikki yoshdan besh yoshgacha bolalarga elektronikadan kuniga bir soat foydalanishga ruhsat berishni tavsiya etishmoqda. Biroq bu ishlaydigan ota-onalar uchun uyda smartfon, planshet yoki televizor umuman bo`lmasligi kerakligini anglatadi.

Sog`liqqa tasiri qanday?

Ko`p vaqtni ekran oldida o`tkazish ruxiy va jismoniy salomatlik uchun keltiradigan hatarlar bilan bog`lashmoqda.

Mazkur tadqiqotlar asosga ega bo`lsa-da, bu erda sabab-oqibatning aloqasi yo`qligini yodda tutish muxim: extimol depressiya yoki havotirga moyil bo`lgan bolalar videoo`yinlarga bog`lanib qolishar. Bundan tashqari, ko`plab olimlar bolalarning o`zlari tomonidan xikoya qilingan malumotlarga asoslanadi.

“Gadjetlar yonida o`tkazilgan vaqt o`smirlar farovonligini yomonlashtirishi borasidagi aniq isbotlar kam va ko`pchilik natijalar bir mamlakatda o`tkazilgan tadqiqotlarga asoslanadi, ular asosida esa aniq bo`lmagan, biroq bolalarning mashxur ko`rsatkichlari yotadi”, - deydi Psychological Science jurnalidagi tadqiqotchilar.

Mazkur olimlar tadqiqotlarida AQSh, Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi 5363 nafar o`smir ishtirok etgan bo`lib, ularning ishi gadjetlar ruxiy salomatlik va bolalar farovonligiga kam tasir qilishini ko`rsatgan.

Umuman olganda, tadqiqotchilar nafaqat ishtirokchilarning o`zi, balki ularning ota-onalari tomonidan berilgan malumotlarni xam xisobga olishgan.

Bu xolatda savolimizga javob topdikmi? Albatta, yo`q. Biroq bu bolaga elektronikadan foydalanishni man etish xaqida havotirga tushadigan xar bir ota-onaning fikr yuritishi uchun baxona bo`la oladi.

Yana bir tadqiqot bolani telefon o`ynash imkoniyati bilan mukofotlash yoki jazolash qarorining to`g`riligini shubxa ostiga oladi. Unda 18 oydan 5 yoshgacha bo`lgan 62 nafar bolaning ota-onasi ishtirok etgan. Ulardan bolaning gadjetlar bilan o`tkazgan vaqtini qanday nazorat qilishlari so`ralgan. Ularning farzandlari ish kunlari 1,5 soat, dam olish kunlari esa ikki soatga yaqin vaqtni ekran oldida o`tkazadi. Yahshi hulqi uchun kompyuter oldida o`tirishga ruhsat olgan bolalar dam olish kunlari boshqalarga qaraganda internetda 20 daqiqaga ko`proq vaqt o`tkazishgan.

“Bu huddi bolalarni shirinlik bilan mukofotlash kerak emasligiga o`hshab ketadi, chunki u tobelikni chaqirishi mumkin”, - deydi oila munosabatlari va amaliy ovqatlanish professori Jess Hayns.

Shuni xam takidlash joizki, hatarlarga qaramay, gadjetlar biz bilan uzoq vaqt davomida birga bo`ladi. YOshlar xayotini qanday qilib ularga integratsiya qilishni tushunish ulardan foydalanishni cheklash kabi muxim. Shimoliy Karolina shtati universiteti tadqiqotchisi, qishloq bolalari tadqiqotini boshqargan Linkoln Larson bu borada shunday deydi:

“Vaqtni ortga qaytara olmaymiz. Gap tabiat va tehnologiyani integratsiya qilish usulini topishda. Bolalarning elektronikaga muxabbatini xisobga olib, tabiatdagi xordiqni unutmaslikka yordam beradigan dasturlarni ishlab chiqa olamizmi?”.

YOki bor-yo`g`i kamroq havotirga tushish kerakdir. Bolalar biz o`ylaganchalik hatar ostida emas, ko`p xollarda bizdan o`rnak olishadi.

Manba: Xabardor.uz
 
Bosh sahifaga

Dunish.com 2012 2019

Flag Counter