Dunyodagi eng g`aroyib velosipedlar
19 : 10, 23.04.2019

Baxor kirib kelishi bilan ko`pchilik velosiped minishga oshiqadi. Bu sog`liq uchun xam foydali, benzin uchun sarflanadigan pulni xam tejaydi. Quyidagi to`plamni ko`ring, unda velosipedlarning eng g`aroyib modellari to`plangan. To`g`ri, ularda uchib ko`rishning iloji yo`q, chunki ular muzey eksponatlari sanaladi.

Calfee Road

Bu velosiped bambukdan ishlangan. Shunga qaramay, u baquvvat va mustaxkam. Ramasi qalin bo`lgani uchun yiqilganidan keyin xam velosiped zarar ko`rmaydi. Ushbu model buyurtmaga asosan turli ranglarda tayyorlanadi.

Penni Farting

Mana bu velosipedning bitta g`ildiragi boshqasiga qaraganda ancha katta. Eslatib o`tamiz, velosipedlarning ilk modellari aynan shunday ko`rinishda bo`lgan.

Felt IA2 Matte Carbon

Mana bu model esa karbondan ishlangan rama bilan jixozlangan. UHC Advanced kompaniyasi ishlab chiqaruvchilari to`qishning g`aroyib TeXtreme tehnologiyasini yaratishdi. Bugungi kunda u dunyodagi eng yahshisi sanaladi. Ushbu tehnologiya maksimal darajadagi barqarorlikni va yuqori amortizatsiyani taminlaydi.

Renovo TT

Bu velosiped tezligini soatiga 48 km gacha etkazishi  mumkin. Velosipedning ramasi qora yong`oq darahtidan ishlangan. Sezganingizdek, tezlik bilan bog`liq hususiyatlarga ega.

Waldmeister Single Speed

Mana bu velosiped esa qo`lda yasaladi va juda qimmat turadi. Waldmeister tabiiy yog`ochdan ishlanadi.

BMC Track

Tezlik ishqibozlari ushbu velosipedni yuqori baxolashadi. Vazni 7 kg dan kam bo`lgan velosiped tezligini soatiga 52 km gacha oshirishi mumkin.

Manba: Xabardor.uz
 
Bosh sahifaga

Dunish.com 2012 2019

Flag Counter