Xar kuni o`zingizni tetik xis qilishga yordam beradigan 9 ta odat
02 : 00, 23.04.2019

Kuchi etmaydiganlar uchun maslaxatlar

Tadbirkor va shahsiy rivojlanish bo`yicha blog muallifi Skott Yang (Scott Young) unga tetik yurish va maqsad sari olib boruvchi yo`lda ortga qaytmaslikka yordam beradigan maslaxatlar bilan o`rtoqlashdi. Ularni o`z xayotingizga tatbiq etishga xarakat qiling.

   1. Uhlashga erta yoting

Agar doimiy ravishda uyquga to`ymasangiz, unumdorlik ko`rsatkichi pasayadi.

Vazifa: bir oy davomida soat o`nda uhlashga yoting. Xar kuni, xatto dam olish kunlarida xam.

   2. Sport bilan xar kuni shug`ullaning

Jismoniy mashg`ulotlar – quvvatingiz uchun uzoq muddatli sarmoya. Jismoniy faolliksiz salomatlikning umumiy ko`rsatkichi tushadi. Demak, fikrlash va diqqatni bir erga jamlash qiyinlashadi.

Ish jadvalingizda sport zaliga borish uchun vaqt qolmasa, kun davomida tortilish yoki byorpi mashqlarini bajaring. Bu mashqlar qon aylanishini yahshilaydi, shu bilan birga ko`p vaqt olmaydi. Agar imkoniyat bo`lsa, mazkur mashg`ulotlarga fitnesni xam qo`shish mumkin.

Vazifa: kuniga xech bo`lmaganda 10 ta byorpi qiling.

    3. Kunduz kuni mizg`ib oling

Bu dangasalik emas, organizm va hotira uchun ijobiy natija keltiradigan foydali odat. Juda ko`p malumotni eslab qolishni istasangiz, kunduzgi uyqu ayniqsa foydali. Bundan tashqari, u kishiga qo`shimcha quvvat beradi.

Muximi – uzoq uhlamaslik. Budilnik jiringlashi bilan uyg`onish va yana uyquga ketishga yo`l qo`ymaslik. Agar kunduzgi uyqu juda cho`zilib ketsa, chuqur fazaga o`tasiz va yanada lanj xolda uyg`onasiz.

Vazifa: tushlikdan keyin mizg`ib olish va kuchlarni tiklash uchun uhlashga 20 daqiqa ajrating.

    4. Murakkab ishlarni tongda bajaring

Ish kunining ilk to`rt soati – muxim ish uchun eng qulay vaqt. Shunday ekan ishga imkoni boricha ertaroq kirishing. Chunki zarur ish bajarilganida kayfiyat yahshilanadi, o`zimizni unumli xisoblaymiz. Biroq agar tongda vaqtimizni elektron pochta, majlis, qo`ng`iroqlarga sarflasak, xech qanday foydali ish bilan shug`ullanmaymiz, aksincha kunning ikkinchi qismida kuchsizlikni xis etamiz.

Bundan tashqari, kun davomida butun diqqatni jamlagan xolda ishlash imkonsiz.

Vazifa: kunning ilk to`rt soatini sokin va diqqat talab etuvchi ishlarga bag`ishlang.

    5. Ertangi kun uchun kechki payt reja tuzing

Kuch-quvvat darajasi kunni qanday boshlashimizga bog`liq. Agar darxol ishga kirishilsa, kun ohirida rejalaringiz amalga oshganini ko`rasiz. Agar sekin boshlansa, kuch va vaqt samarasiz ishlarga sarflanadi.

Bunday xolatning oldini olish uchun kun qanday o`tishini aniq tasavvur etish lozim. Ayniqsa tongda. Buning uchun esa kechki payt ertangi kun uchun reja tuzish lozim. Maqsadlaringizni ko`z oldingizga keltiring va tongda avtomatik tarzda ishlash uchun ularni yozing.

Vazifa: uyquga yotishdan avval ertangi kunni ko`z oldingizga keltirib, reja tuzing va uni yozing.

    6. Maqsadlaringizni o`zingizga soting

Ko`pchilik bir vaqtning o`zida ikkita bir-biriga qarama-qarshi fikrga ishonadi: marketologlar ularni o`zlari bajarmaydigan ishlarni qilishga undashga qodir, biroq kerakli ishlarni amalga oshirish uchun shahsiy ishtiyoqni o`zgartirishni eplolmaydilar.

Bunday emas. Siz o`zingiz shahsiy maqsadlarni o`zingizga sotishingiz kerak. Bari o`ramdan boshlanadi. Maqsad va loyixalaringizni qanday ko`rinishda taqdim etishingiz ishtiyoqqa tasir ko`rsatadi. «Bajarishim kerak bo`lgan ish» va «kishida xayajon uyg`otadigan qiziqarli vazifa» so`z birikmalarini taqqoslab ko`ring. Farqni sezyapsizmi?

Keyingi qadam esa sizga ishtiyoq beradigan narsalarni yodga solish. Nima uchun ishga kirishdingiz, nimaga erishishni istagan edingiz? Ana shu jixatlarni yodga oling.

Vazifa: Bugungi xarakatlaringiz qaysi maqsad sari yaqinlashishda yordam berishi to`g`risidagi fikrlarga xar kuni 10 daqiqa ajrating.

    7. Quvvatingizni sug`urib oladigan kishilar bilan kamroq muloqot qiling

Ota-ona tanlanmaydi. Bazida bu fikr xamkasb va boshliqlarga xam tegishli bo`ladi. Biroq do`stlarni tanlash mumkin. Ayrim do`stlar bilan muloqotdan keyin rag`bat va tetiklikni xis etishingizni sezgan bo`lsangiz kerak. Ayrim do`stlar bilan suxbatdan keyin esa aksincha o`zingizni kuchsiz sezasiz.

Albatta xayotida vaqtinchalik qiyinchiliklarni boshdan o`tkazayotgan do`stlarni chiqarib tashlash yaramaydi. Biroq agar u o`z tuyg`ularini doimo sizga to`kib solsa va javob tariqasida sizga yordam bermasa, bunday odam bilan muloqotning qanchalik muxim ekani xaqida o`ylab ko`ring.

Vazifa: Suxbatidan keyin o`zingizni bo`shab qolgandek xis etadigan do`stlar bilan uchrashuvlarni cheklang.

    8. Yahshi kitoblar o`qing

Yahshi kitob sizni avtomatik tarzda nima o`qish bo`yicha to`g`ri yo`nalishga boshlaydi. U nafaqat biror faktlar xaqida so`zladi, shu bilan birga asta-sekin fikrlash tarzini xam o`zgartiradi. Yahshi qo`shiq muayyan tuyg`uni uyg`otgani kabi yahshi kitob xam sizga kuch-quvvat beradi. Buning uchun audiokitoblar - eng to`g`ri tanlov. Ularni yo`lda ketayotib, xamda boshqa ishlar bilan band vaqtda tinglash mumkin.

    9. Xayot muvozanatiga intiling

Vaqtimizni bexuda sarflaymiz. Chunki xayotimizning ichki va tashqi jixatlari bir-biriga to`g`ri kelmaydi. Do`stlaringiz, xamkasblaringiz xamda shahsiy qo`rquvlar oldingizga qo`ygan maqsadlarni amalga oshirishga to`sqinlik qilayotgan bo`lishi mumkin.

Vaqt ajrating va xayotingizga yig`ilib qolgan mojarolarni xal eting. Bazida buning uchun birgina narsani o`zgartirish xam etarli. Ayrim xollarda esa oldinga intilishga halaqit qilayotgan zaxarli xolat yoki fikrdan halos bo`lish uchun uzoq muddatli reja talab etiladi.

Vazifa: maqsad sari olg`a qadam tashlashga nima halaqit qilayotgani va uni xal etish yo`llarini o`ylab ko`ring.

Manba: Xabardor.uz
 
Bosh sahifaga

Dunish.com 2012 2019

Flag Counter