Yuta shtatidagi chiroyli suniy ko`llar nima uchun yaratilgan?
17 : 25, 22.04.2019

Inson qo`li bilan yaratilgan sanoat manzaralari xam ayrim vaqtlarda kishida xayrat xissini uyg`otishi mumkin. Amerikaning Yuta shtatidagi kaliy tuz koni bunga bir misol.

Bu kon Kolorado daryosi vodiysida joylashgan bo`lib, undan 1965 yildan beri foydalanib kelinadi. Mutahassislarning xisob-kitoblariga ko`ra, bu erda 2 milliard tonnaga yaqin kaliy rudasi bor. Shuning uchun zahira 125 yillik faoliyat uchun etadi. Ushbu makonda kaliy hloridi va boshqa mineral tuzlari suniy bug`lantiruvchi ko`llar yordamida qazib olinadi. Kaliy tuzlarini bunday usulda qazib olish – uzoq va mexnat talab qiladigan jarayon. Parmalangan quduqlarga kaliy tuzlarini eritish uchun qaynoq suv xaydaladi. Bunday usulda olingan eritma yuzaga chiqarilib, bug`lanadigan ko`llarga quyiladi.

Tuzli ko`llarning maydoni 1,5 kv.km.ga yaqin va eritma tuproqqa singmasligining oldini olish uchun ularga mahsus suv o`tmaydigan material bilan ishlov berilgan. Bug`lanish bosqichiga qarab ko`llardagi eritmalar turli rangda bo`ladi. Suv bug`lanishini oshirish va shu yo`l bilan tuzni olish jarayonini tezlashtirish uchun qo`shilgan mahsus bo`yoqlar sabab ko`l to`q yashil-ko`k rangga kiradi. Biroq ayrim xollarda ko`llar qizil va sariq tusga kiradi. Bu esa eritmada muayyan turdagi suv o`tlarining mavjudligi bilan izoxlanadi. Qush parvoz qiladigan balandlikdan bug`lantiruvchi ko`llar juda chiroyli ko`rinadi.

Ortiqcha namlikni bug`lantirish jarayoni 9 oyga yaqin vaqt oladi. Undan so`ng qolgan mineral tuzlar yig`ilib, keyingi qayta ishlash jarayonlariga yuboriladi. Kaliy tuzlari qishloq ho`jaligida foydalaniladigan mineral o`g`itlarning muxim tarkibiy qismi sanaladi. Bundan tashqari, ular sanoatning boshqa soxalarida xam qo`llaniladi.

Manba: Xabardor.uz
 
Bosh sahifaga

Dunish.com 2012 2019

Flag Counter