Umumiy qoidalar
1.1 Saytda tartib uchun Administrator va maxsus tayinlangan Moderatorlar javob beradi. Ular qoidalarga to'g'ri kelmaydigan har qanday xabar yoki mavzuni ogohlantirishsiz yopish, o'chirish, tahrirlash huquqiga egadir.
1.2 Qoidalarni bilmaslik sizni jazodan ozod qilmaydi, aksincha bu ham qoida buzarlik hisoblanadi. Jazo muddati: 10 soat
1.3 Saytdada umumiy til o'zbek tilidir. Faqat noilojiy vaziyatlardagina boshqa tildan foydalanishga vaqtincha ruhsat etiladi. Jazo muddati: 2 kun
1.4 Saytdan ro'yhatdan o'tishingiz qoidalarga roziligingizni anglatadi
1.5 Qoidalarda keltirilmagan boshqa vaziyatlar bo'yicha masalalarni Administrator hal qiladi.
1.6 Administrator, foydalanuvchi kiritgan ma'lumotlar uchun javobgar emas.
1.7 Administrator qoidalarga o'zgartirish kiritish va yangilarini qo'shish huquqiga ega.
1.8 Foydalanuvchi o'ziga qo'yilgan aybni boshqa birovga to'nkashga hojat yo'q. Har kim o'zi uchun javob beradi.
1.9 Foydalanuvchilar xabarlar, tangalar soni, mansabi yoki ro'yhatga olingan vaqtiga qarab emas balki boshqalarga yordamiga qarab baholanadi. Saytda murojat "siz" bilan bo'ladi, foydalanuvchini katta-kichikligiga qaramasdan.
1.10 Saytda firibgarlik bilan shug'ullanish ya'ni sayt foydalanuvchilarni aldab, moddiy-manaviy zarar keltirish, eng katta qoidabuzarlik hisoblanadi. Bundaylarga saytda umuman o'rin yo'q. Jazo muddati: 999 kun.
1.11 Foydalanuvchi saytdagi statusida nostandart belgilardan foydalanish, reklama, so'kinish va shuningdek saytning boshqa qoidalarida taqiqlangan holatlar bo'lishi man etiladi. Jazo muddati: 5 kun
Qarshilik
2.1 Agar foydalanuvchi qoidalarga qarshilik qilsa, uni akkounti ma'lum muddatga bloklanadi yoki umuman o'chirib tashlanadi. Jazo muddati: 5 kun
2.2Arzlarni faqat Administratsiya a'zolari ko'rib chiqib, qaror qabul qiladi va qaror sabablarini yashirish huquqiga ega.
2.3Foydalanuvchi ban olgan paytda boshqa profildan xabar qoldirsa ban muddati uzaytiriladi va boshqa profillari o'chiriladi. Jazo muddati: 5 kun
2.4 Agar foydalanuvchi profilini butunlay o'chirilishini xohlasa, bu haqida Administratorlarga shaxsiy xabar yo'llashi lozim. Ma'lum muddat ichida talabingiz qondiriladi.
2.5 Qaysi moderatorni noxaq deb hisoblasangiz, bu haqida batafsil Administratorga shaxsiy xabar orqali arz qilishingiz mumkin.
Ro'yhatdan o'tish
3.1 Har bir foydalanuvchi faqat bitta profil ochishi mumkin. Boshqa profillar ogohlantirishsiz o'chiriladi. Jazo muddati: 999 kun.
3.2 Boshqa foydalanuvchilarni nikini nusxalashtirish (klonlashtirish) taqiqlanadi. Jazo muddati: 2 kun
3.3 Tahallus (nik) tarkibida haqoratli so'zlar, sayt nomlarini ishlatish taqiqlanadi. Jazo muddati: 3 kun
3.4 Profilni birovga berish yoki sotish taqiqlanadi. Jazo muddati: 3 kun
3.5 1) Agarda siz sayt qoidalarini ko'p marotaba buzgan bo'lsangiz yoki ko'p profilga ega bo'lsangiz sizni profilingiz o'chiriladi, lekin qoldirgan xabar va mavzularingiz o'chirilmaydi. 2) Agarda siz o'z xohishingiz bilan profilingizni o'chirilishini so'rasangiz unda quyidagicha yo'l tutiladi: Profilingiz o'chirilmaydi, lekin deaktivlashtiriladi. Qoldirgan xabar va mavzularingiz o'chirilmaydi. 3) Agarda siz o'z xohishingiz bilan profilingizni deaktivatsiya qilinishini so'rasangiz unda talabingiz qoldiriladi. Profilingizni yana aktivlashtirish Administratsiya tomonidan deaktivatsiya sabablarini ko'rib chiqgan holda qaror qabul qilinadi.
Sayt forumi FAQ
4.1 Bir xil o'xshash mavzular ochish taqiqlanadi. Agarda shunday mavzu bor bo'lsa (agar yopilgan bo'lsa Moderatorlarga murojat qiling) o'sha mavzuda davom ettiring.
4.2 Ma'muriyat tomonidan yopilgan mavzularni davom ettirish taqiqlanadi.
4.3 Mavzu nomi uni tarkibini (qisman bo'lsada) aks ettirishi lozim. "Yordam kerak", "Muammo bor" kabi ko'rinishdagi mavzular ogohlantirishsiz o'chiriladi yoki o'zgartiriladi. Jazo muddati: 2 kun
4.4 Forumda ma'lum bir foydalanuvchiga qaratilgan mavzu ochish taqiqlanadi. Bunday vaziyatlarda shaxsiy xabarlardan foydalanishingiz mumkin. Jazo muddati: 1 kun
4.5 Mavzularni nomlashda faqat katta harflarda (bunga extiyoj bo'lmasa ham) foydalanish va har xil belgilar bilan bezak berish taqiqlanadi. Jazo muddati: 1 kun
4.6 Millatchilik, davlat siyosatiga aralashish, diniy mavzulardagi mavzular qat'iyan taqiqlanadi. Jazo muddati: 3 kun
Xabar qoldirish
5.1 Mavzularda takroriy birxil xabarlar qoldirish taqiqlanadi. Jazo muddati: 3 kun
5.2 Belgilangan mavzudan chetlashish, mavzuga aloqador bo'lmagan xabar qoldirish taqiqlanadi. Jazo muddati: 2 kun
5.3 Shaxsiy adovat sababli qo'pol ohangda (tekkizib) gapirish, masxaralash taqiqlanadi. Jazo muddati: 5 kun
5.4 Senzuraga to'g'ri kelmaydigan so'zlardan foydalanib xabar qoldirish taqiqlanadi. Jazo muddati: 5 kun
5.5 Xabar matnini quyidagi yo'llar bilan bezatish taqiqlanadi: 1) haddan ortiq smayllar 2) jargon so'zlar 3) grammatik xatolar 4) har-xil rang berish, shriftlarni o'zgartirish Jazo muddati: 1 kun
5.6 O'zb. Res. qonunlarini yoki forum qoidalarini buzishga undovchi xabarlar qoldirish taqiqlanadi. Jazo muddati: 5 kun
5.7 Zo'ravonlik, fashizm, terarizm, irqchilik, millatchilik, din va boshqa O'zb. Res. qonunlarida taqiqlanganholatlarni targ'ib qilish taqiqlanadi. Jazo muddati: 999 kun
5.8 Mualliflik huquqiga ega bo'lgan maqola, dastur va hakozolarni muallif ruhsatisiz tarqatish, so'rash taqiqlanadi. Jazo muddati: 1 kun
5.9 Ma'muriyat ishlarni ochiqdan ochiq tahlil qilish taqiqlanadi. Savollar, muammolar kelib chiqqan holda shaxsiy xabar orqali ma'muriyat bilan bog'lanishingiz mumkin. Jazo muddati: 5 kun
5.10 Ruhsatsiz moderatorlik bilan shug'ullanish, boshqa foydalanuvchilarga tanbex berish taqiqlanadi. Qoidabuzarlik haqida xabar berish uchun "Arz" ssilkasini bosishingiz kerak. Jazo muddati: 1 kun
5.11 Iltimos, o'zbek tili grammatikasini buzmagan holda xatosiz yozishga harakat qiling. Bu sizni bilim saviyangizni bildirib turadi. Harflarni turli belgilar bilan qisqartirib yozish (ch-4, o'-6, sh-w) taqiqlanadi. Adabiychaga yaqin bo'lgan shevalarda yozishga qisman ruhsat etiladi. Jazo muddati: 1 kun
5.12 Sizdan oldin yozilgan xabar (post) ni zarurat bo'lmasada to'liqligicha iqtibos qilish ya'ni katta hajmli postlarni sitata qilish (overquoting) taqiqlanadi. Jazo muddati: 1 kun
Tavsiyalar
6.1 Suhbatdoshingizga hurmat bilan munosabatda bo'ling, fikrlaringizni tushunarli va aniq faktlar yordamida bayon eting.
6.2 O'zingizni haqorat qilindi deb hisoblasangiz ham unga haqorat bilan javob qaytarmang. Biroz kuting yoki ma'muriyat a'zolariga shaxsiy xabar orqali xabar bering. Qolganini ma'muriyat a'zolari hal qilishadi.
6.3 Agar qoidabuzarlikni ko'rsangiz, bu haqida forumga jar solishni keragi yo'q. "Arz" ssilkani bosing va sababini yozib qoldiring, ma'muriyat a'zolari ko'rib chiqib chora ko'rishadi.
6.4 Savol berish yoki mavzu ochishdan oldin, forumdan izlab ko'ring, balki sizni qiziqtirayotgan narsa allaqachon bor bo'lishi mumkin.
 
Bosh sahifaga

Dunish.com 2012 2018

Flag Counter