Saytga Qanday Kiraman? - Bu sayt Dunish.com deb ataladi va asosiy manzil sifatida Dunish.com manzili ishlatiladi.
Ushbu saytning tematikasi qanday? - Samimiy suxbatlar O`zbekona Forum, chat, kutubxona, Eng So`ngi Yangiliklar, Tanishuvlar, Foydali Servislar Sayti!
Ushbu sayt nimani ko`zlaydi? - Ushbu saytdan asosiy ko`zlangan maqsad Internet olamida online o`yinlar va Forum chat bilan vaqtingizni chog` o`tkazishingiz uchun xizmat qiladi!
Saytda pullik xizmatlar mavjudmi? - Yo'q. Hozirda bizning saytdan foydalanish mutlaqo bepul (Trafik uchun provayderlar olgan pul bundan mustasno).
A'zo bo'lish haqida ma'lumot
Saytning a'zolari bilan mehmonlarning farqi nimada?
- A'zolar uchun cheklanmagan miqdordagi saytdan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Qanday a'zo bo'laman?
- Bosh sahifada turgan "Tezkor ro'yxatdan o'tish" yoki "A'zo bo'lish" manzilidagi maydonlarni to'ldirish orqali.
Login bo'sh emas ekan?
- Boshqacha login tanlang. Masalan: dunish2015
Parolni qanday tanlasam maqsad muvofiq?
- Soddaroq parollardan yiroqlashin. Son va harf qatnashgan parol tanlash maslahat beriladi. Masalan: uz12dunish21
Profil haqida ma'lumot
Profil nima?
- Profil - bu ushbu saytdan sizga ajratilgan qism-bo'lak. Undan hohlagan paytingizdan foydalanishingiz mumkin.
Profil ma'lumotlarini qanday to'ldirishim mumkin?
- Bu juda oddiy. " Saytga kirish -> Kabinet -> Anketani o`zgartirish " orqali amalga oshirishingiz mumkin.
Profil bilan qanday holatlar ta'qiqlanadi?
- Birovni nomidan profil ochmaslik;
- Profilingizda nomaqbul jumla yoki fotografik ma'lumotlarni joylamaslik;
- Bittadan ortiq profil ishlatmaslik;
- Profilni saytga zarar yetkazish maqsadida yurgizish;
Xavfsizlik siyosati
Profilimdan mendan boshqa odam foydalana oladimi?
- Yo'q. Buning hech qanaqasiga iloji yo'q. (Agar maxfiy parolingizni sir tutganingizga ishonchingiz komil bo'lsa)
Parolim esimdan chiqdi uni qanday tiklashim mumkin?
- Kirish bo'limiga kirib "Parolni unutdim" oynasiga o'tish zarur. Kerakli maydonlar to'ldirilganidan so'ng biz sizga yangi parolni yo'llaymiz.
Hozirdagi parolimni bilishim mumkinmi?
- Yo'q. Parolingiz shifrlangan holatda saqlanadi va uni faqat o'zgaritirish mumkin.
Mening shahsiy ma'lumotlarim orqali profil ro'yxatdan o'tkazilgan. U ma'lumotlarni yo'q qilishni imkoni mavjudmi?
- Yo'q. Afsuski, bizning Ma`muriyat ushbu masalada javobgar hisoblanmaydi.
Shahsiy yozishmalarimdan 3-shahslar foydalana oladimi?
- Yo'q. Shahsiy yozishmangiz siz va suhbatdoshingiz orasidan tashqari chiqmaydi, qachonki suhbatdoshingiz sizning yozishmangiz ustidan arz qilmaganida.
Qoidalar
Ban nima?
- Ban - bu belgilangan muddatga sizning saytdan foydalanish huquqini olib qo'yilishi.
Qanday ish qilganlar Ban oladi?
- Saytda keltirilgan qonun-qoidalarni buzganlar.
Ushbu saytda nimalar ta'qiqlanadi? - O'zbekiston Respublikasi hamda Rossiya federatsiyasi qonunchiligini buzulishi;
- Madaniyat doirasida so'zlashmaslik (Haqorat,So'kinish,G'iybat,Tuhmat...);
- Mahsulot yoki sayt nomini reklama qilish;
- Boshqa foydalanuvchilarga nisbtadan agressiv holatda bo'lish, asabga tegish, bezbetlik;
- Pornografik ma'lumotlarni tarqatish, kiritish, yuklash;
- Ko'p profillardan foydalanish;
- Saytdan yomon maqsadlarda xususan hackerlik yo'lida foydalanish;
- Adminstratsiya ishini muhokama qilish; Ushbu holatlardan biri yuz bergan taqdirda foydalanuvchiga sayt doirasi yoki o'zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida chora ko'riladi.
Javobgarlik
Adminstratsiya qanday holatda javobgar hisoblanadi?
- Foydalanuvchilarning shahsiy ma'lumotlari o'chib ketganda, sayt ishlamay qolganda, saytda xatolik yuz berganda.
Men ham javobgarmanmi?
- Albatta. Siz o'zingiz yozgan yoki kiritgan har qanday ma'lumot yoki faylga javobgar hisoblanasiz. Nomaqbul ma'lumot yoki fayl uchun sizga qonun doirasida chora ko'riladi.
Adminstratsiya qanday holatda javobgar emas?
- Foydalanuvchining shahsiy ma'lumoti yoki fayli tarqalib ketgan holatda, Foydalanuvchilar tomonidan kiritilgan yozuv yoki xabarning hech biriga (Ushbu holatda javobgarlik to'laqonli foydalanuvchi zimmasida turadi).