Toshkentda avtomoyka uchun yer ajratib berish evaziga 5600 dollar talab qilgan “hokimlik xodimi” ushlandi

Ichki ishlar vazirligiga N.O. murojaat qilib, o‘zini Olmazor tumani hokimligi xodimi deb tanishtirgan “Bekzod” ismli shaxs tuman hududidan avtomashina yuvish shoxobchasi uchun yer olib berishga tuman hokimining qarorini chiqarib berish evaziga hokimlik mas’ul xodimlariga berish uchun 5 ming dollar va davlat boji uchun 600 dollar berishini talab qilganini bildirgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: IIV matbuot xizmati

Bu summadan davlat boji uchun 600 dollar olganligi va qolgan 5 000 dollar hisobidan oldindan 800 dollar berishni talab qilayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi fuqaro U.B. Shayxontohur tumanidagi “Beruniy” metro bekati yaqinida arizachidan 800 dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Foto: IIV matbuot xizmati

Dastlabki surishtiruv jarayonida U.B. 2018-yilda Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 28, 211-moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun sudlanganligi aniqlangan.

Hozirda U.B. Jinoyat-protsessual kodeksining 224-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

deya xabar beradi daryo nashri
← OldingiKeyingi →
Reyting: •
+-
Добавил: Foxuz
Дата добавления: 09.02.2020 / 23:00
Fikrlar (0) ko`rilgan: 171
Yurtimiz Yangiliklari
 
Bosh sahifaga

Dunish.com 2012 2022

Flag Counter