Kuz...
Kuz. Bargi xazonlar fasli. Barglari sarg'ayib tökilayotgan daraxtlar, yerda esa asta shivirlab kuzning kelganligidan sado berayotgan barglar... yog'ayotgan mayin yomg'ir... bularning barchasi betakror kuz faslining tarovati. Tong saharda atrofga boqsang, butun tevarak sarg'aygan xazonlar bilan qoplangan, har qadam bosganingda ularning mayin shitirlashi quloqqa chalinadi, göyoki, özlarining mavjudligidan xabar berayotganday.. Yomg'ir. Oppoq par bulutlarning köz yoshlari. Naqadar yoqimli yomg'ir. Soyabon ostida turib kuzatsang, yog'ayotgan yomg'ir Ona zaminning taftini, nafis iforini kötaradi, chaqqon shamol esa ösha iforni yanada kökka kötarib, dimog'ingni qitiqlaydi-da, tag'in olib qochadi. Bunday havoda xiyobonni sayr qilish maroqli. Juda ajoyib. Yomg'irli kuz havosi. Kimlar uchundir shirin xotiralar og'ushida mast bölish, kimlar uchundir esa aksincha... Biz ilk bor yomg'ir ostida uchrashmagan bölsak-da, bilmadim, negadir yomg'irni yaxshi köraman. Xiyobon uzra yomg'ir ostida kezar ekanman, ajoyib, ötli va unutilmas ösha lahzalarni eslayman. Boshqacha edi u damlar. Oxirgi uchrashuvimiz ham yodimda. Yerda yotgan bargi xazonlar, balki sezgandir bizning ayrilishimizni, ösha kuni ular u yoqdan bu yoqqa uchib yurishardi, nimanidir his qilganday... lekin biz e'tibor qilmagandik... sezmagandik ham ayrilishimizni... Doim bir narsa meni hayron qoldiradi. Biz kz faslida ayrilgan bölsak-da, negadir bu faslni hanuzgacha yaxshi köraman. Bilmam, ne sabab? Ehtimol, ushbu faslda yana takror uchrashib qolishimizdan umidvordirman... Sen-chi? Oltin kuz. Ajib hissiyot va tuyg'ularga boy fasl. Kim uchundir visol, kim uchundir ayriliq fasli ... Soyabon ostida xiyonon aro sayr. Qadamlar uzra bargi xazonlar shitirlashi. Yog'ayotgan mayin va yoqimli yomg'ir. Ötgan unutilmas damlarning shirin xotiralari va achchiq azobi. Qayta uchrashishdan umidvor qalblar harorati, nidosi. Visol damlari ibtido yoinki intihosi... Barchasi men sevgan faslning - kuzning tarovati... Zulfiya AMIN qizi
Maqolaga fikr bildirish:
Umumiy: 0

 
Bosh sahifaga

Dunish.com 2012 2018

Flag Counter